Xames Rodriges Minnesota Yunaytedni tark etishi va faoliyatini yakunlashi mumkin

Kolumbiyalik yulduz futbolchi Xames Rodrigesning Minnesota Yunayted klubidagi qisqa va omadsiz faoliyati yakuniga yetmoqda. Apple TV va The Athletic xabarlariga ko'ra, 34 yoshli yarim himoyachi kelasi hafta terma jamoa ixtiyoriga qo'shiladi va Jahon chempionatidan so'ng klubga qaytishi kutilmayapti. Joriy mavsumda jamoa safida atigi to'rt marta maydonga tushgan futbolchi chorshanba kuni Kolorado Rapidsga qarshi o'yindan so'ng jamoani tark etishi kutilmoqda.
Kolumbiyalik yulduz futbolchi Xames Rodrigesning Minnesota Yunayted klubidagi qisqa va omadsiz faoliyati yakuniga yetmoqda. Apple TV va The Athletic xabarlariga koʻra, yarim himoyachi kelasi hafta terma jamoa ixtiyoriga qoʻshiladi va Jahon chempionatidan soʻng klubga qaytishi kutilmayapti. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
34 yoshli futbolchi joriy mavsumda klub safida atigi toʻrt marta maydonga tushdi. Minnesota Yunayted rahbariyati shartnomani uzaytirish huquqiga ega boʻlsa-da, tomonlar hamkorlikni toʻxtatishga yaqin turibdi. Xames chorshanba kuni Kolorado Rapidsga qarshi oʻyindan soʻng jamoani tark etishi kutilmoqda.
Kolumbiyadan kelayotgan xabarlarga koʻra, Xames Rodriges Jahon chempionatidan soʻng professional futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida oʻylamoqda. Uning uchun bu turnir soʻnggi yirik musobaqa boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Xames oʻz vaqtida Real Madrid safida porlagan boʻlsa-da, soʻnggi yillarda klub darajasida barqaror oʻyin koʻrsata olmayapti. U Everton, Al-Rayyan va Leon kabi jamoalarda ham toʻp surgan, biroq hech qayerda uzoq qola olmagan.































Izohlar 0
…