Rossiya terma jamoasi mart oyida ikki shahar maydonida o'ynaydi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yinlar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo'lib o'tishi belgilangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Birinchi bellashuv 27 mart, juma kuni Sankt-Peterburgda o'tadi. Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa 31 mart kuni esa Krasnodarga yo'l oladi.
“Sport-Ekspress” xabariga ko'ra, ushbu o'yinlarda rossiyaliklarning raqiblari keyinroq e'lon qilinadi.
Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlangani haqida ma'lum qilgandi.
Dyukovning ta'kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimolini inobatga olgan holda tuzilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkinligi varianti ham ko'rib chiqilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!