Djikiya Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga agent munosabat bildirdi

Antalyaspor himoyachisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning ahvoli yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lgan, hozir esa futbolchi tiklanib ulgurgan va keyingi o‘yinda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida turk klubi Spartakning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urgani qayd etiladi. Uning Antalyaspor bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing