Argentinaning qadimgi Kilmes klubi stadion uchun yordam so'radi

Argentina futbolining eng qadimiy jamoalaridan biri — 1887 yilda tashkil topgan «Kilmes» hozir murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasi fonida muxlislar yordamini so'radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap odatdagidek moliyaviy xayriya haqida emas. «Kilmes» ishqibozlariga stadionga kelib, bevosita jismoniy mehnat qilish — ta'mirlash va qayta jihozlash bo'yicha turli vazifalarni bajarish taklif etildi.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama issig'iga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa ijobiy munosabat bildirdi va klubga ko'mak berishga tayyor ekanini ko'rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing