date

Michel Ter Shtegenning “Jirona”dagi ilk o‘yinini baholadi

Michel Ter Shtegenning “Jirona”dagi ilk o‘yinini baholadi

“Jirona” bosh murabbiyi Michel darvozabon Mark-Andre Ter Shtegenning jamoa safidagi debyuti haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nemis posboni ilk uchrashuvida “Xetafe”ga qarshi bahsda jamoasiga ochko olib kelishga yordam berdi. U bir gol o‘tkazib yubordi, uchrashuv esa 1:1 hisobida yakunlandi.

“U fantastik o‘yin o‘tkazdi. U o‘yinni qurishda katta hissa qo‘shadi, oxirida esa ajoyib seyv ham amalga oshirdi”, — deya Michelning so‘zlarini Mundo Deportivo keltiradi.

Murabbiy darvozabon tanlash masalasi oson bo‘lmaganini ham tan oldi. U futbolchilar bilan suhbatlashganini aytdi, biroq muloqot tafsilotlarini ochiqlashni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, “Jirona” Ter Shtegenni “Barselona”dan ijaraga oldi. Avvalroq darvozabon jamoa qaydnomasiga kiritilishida muammo bo‘lishi mumkinligi, sababi klubda darvozabonlar uchun barcha raqamlar band ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Michel Ter Shtegenning “Jirona”dagi ilk o‘yinini baholadi