date

Bavariya Upamekano bo'yicha javob kutayotganini ma'lum qildi

Bavariya Upamekano bo'yicha javob kutayotganini ma'lum qildi

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi bitimi klub bilan joriy mavsum oxirigacha tuzilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Biz Upamekanodan javob kutyapmiz», — Eberlning so'zlarini ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Florian Plettenberg keltirdi.

Avvalroq matbuotda «Bavariya» yangi shartnoma bo'yicha Upamekano uchun taklif shartlarini yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Upamekano hozirgacha «Bavariya» safida 176 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Upamekano bo'yicha javob kutayotganini ma'lum qildi