Bavariya Upamekano bo'yicha javobni kutmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi borasida fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi klub bilan joriy mavsum yakunigacha davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Biz Upamekanodan javob kutyapmiz», — deya Eberlning so'zlarini jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
Avvalroq OAVda «Bavariya» yangi shartnoma bo'yicha Upamekanoga berilgan taklifni yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Upamekano «Bavariya» safida jami 176 o'yin o'tkazib, 6 gol va 11 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing