Lill mag‘lubiyatidan keyin Jiruga tribunalardan hushtak yangradi

Fransuz hujumchisi Olivye Jiru uchun oson kunlar emas: uning «Lill» jamoasi «Strasburg»ga 1:4 hisobida yutqazdi. Uchrashuvdan keyin «doglar» muxlislari tribunadan hushtak chalib, jamoaning muvaffaqiyatsiz o‘yiniga noroziligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyatdan so‘ng Jiru so‘z olib, klub atrofidagi barchani birlashishga chaqirdi. «Rahbariyat, futbolchilar va muxlislar — hamma jipslashishi kerak. Faqat birgalikda harakat qilsakkina bu og‘ir palladan chiqib ketamiz», — deya hujumchining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Jiru avvalroq Londonning «Arsenal»i va Italiyaning «Milan»i safida ham to‘p surgan. Hozir esa «Lill» Fransiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing