date

Rossiya martdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini ikki shaharda o‘tkazadi

Rossiya martdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini ikki shaharda o‘tkazadi

Rossiya terma jamoasi mart oyi oxirida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yinlar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ilk bahs 27 mart, juma kuni Sankt-Peterburgda o‘ynaladi. 31 mart kuni esa Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.

«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, ushbu ikki uchrashuvdagi raqiblar keyinroq ma’lum qilinadi.

Avvalroq RFU rahbari Aleksandr Dyukov o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlanganini bildirgandi.

Dyukovning ta’kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro maydonga qaytishi ehtimoli inobatga olingan holda tuzilmoqda. Shu bilan birga, amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkinligi ham nazardan chetda emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya martdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini ikki shaharda o‘tkazadi