Sadio Mane Al-Nasr safida uchrashuvning eng yaxshisi bo'ldi

Al-Nasrning senegallik yulduzi Sadio Mane Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida Al-Taavunga qarshi o'yinda maydonga tushdi va jamoasiga 1:0 hisobidagi g'alabada yordam berdi. Uchrashuv yakuniga ko'ra, Mane bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu Mane uchun Afrika Kubogi — 2025 dagi g'alabadan keyin Al-Nasr libosida o'tkazilgan ilk o'yin bo'ldi. Turnir finalida Senegal terma jamoasi Marokashni 1:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgandi.
Joriy mavsumda 33 yoshli futbolchi Saudiya chempionatida 10 ta o'yinda qatnashdi. Uning hisobida 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing