Jinoiy ishni yashirishga uringan inspektor qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida jinoyat ishini yashirishga uringan profilaktika inspektori qo'lga olindi. U 1994 yilda tug'ilgan shaxsga yetkazilgan tan jarohati bo'yicha ishni "bosdi-bosdi" qilish evaziga 2700 dollar pora talab qilgan. Inspektor jabrlanuvchiga 1000 dollar bergan va yana 300 dollar berishga uringan paytda huquq-tartibot xodimlari uni qo'lga olishdi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida jinoiy ishni yashirishga uringan profilaktika inspektori qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor fuqaro I.Saidov boshchiligidagi guruh tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan shaxsga yetkazilgan tan jarohati bo‘yicha ishni “bosdi-bosdi” qilish evaziga pora olgan.
Tergov materiallarida qayd etilishicha, u kelishuv evaziga 2700 AQSH dollari talab qilgan va olgan mablag‘ning 1000 dollarini jabrlanuvchiga bergan. Keyinchalik esa jarayonni yashirish maqsadida jabrlanuvchiga yana 300 dollar berishga uringan.
Aynan shu vaqt davomida o‘tkazilgan tezkor tadbirda huquq-tartibot xodimlari inspektorni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, ushbu noqonuniy harakatlarga aloqador bo‘lgan boshqa xodimlar ham tekshiruvga jalb qilinishi mumkinligi aytilmoqda.





























Izohlar 0
…