Naftali Bennett: Isroilda ichki inqiroz kuchaymoqda

Naftali Bennett Isroil ichki siyosiy va ijtimoiy tizimida jiddiy muammolar kuchayib borayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat barqarorligi tobora zaiflashib, ayrim yo‘nalishlarda “parchalanish” xavfi yuzaga kelmoqda.
Sobiq bosh vazirning aytishicha, Isroil ayrim hududlarni nazoratga oladi, biroq ularni ushlab turish uchun yetarli resurs va kuch yetishmaydi. Natijada esa ushbu hududlarni yana tark etishga to‘g‘ri kelmoqda.
Bennett, shuningdek, jamiyat ichidagi tengsizlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, qariyb 100 mingga yaqin yosh va sog‘lom ultra-ortodoksal aholi harbiy xizmatdan ozod qilingan bo‘lib, bu esa ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytirmoqda.
Uning ta’kidlashicha, davlat tomonidan ushbu guruhga katta miqdorda moliyaviy yordam ajratilayotgani ham jamiyatda norozilik va keskinlikni oshirmoqda.
Bennett bu holatlarni Isroil ichki tizimidagi muvozanat buzilishi sifatida baholab, agar islohotlar amalga oshirilmasa, vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligini urg‘ulagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!