Ingalatsiya: foyda va ehtiyot choralari nimalardan iborat?

Ingalaция — нафас йўллари касалликларини даволashda кенг қўлланиладиган усул бўлиб, доривор моддаларнинг буғ ёки аэрозол кўринишида нафас йўлларига етказилишига асосланади. У шамоллаш, бронхит, синусит ва астма каби ҳолатларда самарали, аммо нотўғри ҳароратда ёки шифокор маслаҳатисиз қўлланилса, хавфли бўлиши мумкин. Мутахассислар, айниқса болаларда, ингалацияни эҳтиёткорлик билан ва тавсия этилган дорилар билан ўтказишни тавсия қиладилар. Уй шароитида ўзбошимчалик билан моддаларни қўшиш салбий оқибатларга олиб келиши мумкин.
Ingalatsiya — nafas yo‘llari kasalliklarida keng qo‘llaniladigan davolash usullaridan biri bo‘lib, dorivor moddalarning bug‘ yoki aerozol ko‘rinishida bevosita nafas yo‘llariga yetkazilishiga asoslanadi. U ko‘pincha shamollash, bronxit, sinusit va astma kabi holatlarda tavsiya etiladi.
Eng katta foydasi shundaki, dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nafas yo‘llariga yetib boradi va tezroq ta’sir ko‘rsatadi. Bu usul og‘iz orqali qabul qilinadigan dorilarga nisbatan organizmga kamroq yuk tushiradi. Shuningdek, balg‘amni yumshatish, burun bitishini kamaytirish va nafas olishni yengillashtirishda samarali hisoblanadi.
Biroq ingalatsiya hamma uchun ham birdek xavfsiz emas. Noto‘g‘ri haroratda qilingan bug‘li ingalatsiya nafas yo‘llarini kuydirishi yoki shilliq qavatni shikastlashi mumkin. Allergiyaga moyil yoki yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar esa shifokor maslahatisiz bu usuldan foydalanmasligi kerak.

Mutaxassislar, ayniqsa bolalarda ingalatsiyani ehtiyotkorlik bilan va faqat tavsiya etilgan dorilar bilan o‘tkazishni ta’kidlashadi. Uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan turli efir moylari yoki kuchli moddalarni qo‘shish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ingalatsiya to‘g‘ri qo‘llanganda samarali davolash usuli hisoblanadi, biroq uni nazoratsiz va noto‘g‘ri ishlatish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.





























Izohlar 0
…