Cloudflare Rossiyaning "Max" ilovasini josuslik dasturi deb topdi

Cloudflare Rossiyaning "Max" ilovasini josuslik dasturi deb topdi
Qisqacha

Cloudflare Rossiyaning "Max" ilovasini joshuslik dasturi deb topdi. Bu haqda Ixbt.com xabar bermoqda. Avvalroq, kompaniya "Telega" ilovasiga ham shunday yorliq yopishtirgan va u App Store'dan o'chirilgan edi. "Max" VK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ko'p funksiyali ilova bo'lib, u xabar almashish, video va audio qo'ng'iroqlar, pul o'tkazmalari va yoshni tasdiqlash kabi xizmatlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Cloudflare xosting-provayderi "Max" milliy messenjeriga tegishli max.ru domenini josuslik dasturi sifatida belgiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq kompaniya "Telega" ilovasiga ham shunday yorliq yopishtirgan va u App Store'dan o'chirilgan edi. Hozirda max.ru yaroqli TLS sertifikatiga ega, ilova App Store va Google Play'da mavjud.

"Max" — VK kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ko'p funksiyali ilova. U xabar almashish, video va audio qo'ng'iroqlardan tashqari pul o'tkazmalari va yoshni tasdiqlash kabi xizmatlarni qo'llab-quvvatlaydi.

2026 yil 21-aprelda ilova nomi "MAKS" deb o'zgartirildi. VK buni xizmatning maksimal imkoniyatlarini aks ettirishi bilan izohladi.

2026 yil 25-aprelda messenjerga sharhlar, so'rovnomalar va tarixlar qo'shilishi xabar qilindi. 27-aprelda esa ilova orqali 100 mingdan ortiq savdo nuqtalarida xaridorlar yoshini tasdiqlash tizimi ishga tushirildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar