Latsio darvozabon Edoardo Mottani tarkibiga qoʻshib oldi

Rimning “Latsio” klubi tarkibini yangi darvozabon bilan kuchaytirdi. Italiya posboni Edoardo Motta poytaxt jamoasiga ko‘chib o‘tdi, bu haqda klubning rasmiy manbalarida xabar berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 yoshli golkiper “Rejana”dan sotib olindi. Ushbu jamoa Italiya futbolining ikkinchi darajali ligasi — B Seriyasida ishtirok etadi.
Jurnalist Janluka di Marsio ma’lumotiga ko‘ra, “Latsio” transfer uchun “Rejana”ga 1,2 million yevro to‘lagan.
Motta joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol o‘tkazib yubordi. Besh bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ayni paytda “Latsio” A Seriyasi turnir jadvalida 29 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing