Rossiya terma jamoasi martda ikki shaharda maydonga tushadi

Rossiya terma jamoasi mart oyining oxirida ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bahslar Sankt-Peterburg va Krasnodar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ilk o‘yin 27 mart kuni, juma kuni Sankt-Peterburgda tashkil etiladi. 31 martda esa Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Krasnodarga yo‘l oladi.
«Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuvlarda rossiyaliklarning raqiblari keyinroq ma’lum qilinadi.
Avvalroq RFS rahbari Aleksandr Dyukov o‘rtoqlik o‘yinlari uchun ehtimoliy raqiblar bilan muzokaralar allaqachon boshlanganini aytgandi.
Dyukovning ta’kidlashicha, taqvim terma jamoaning xalqaro arenaga qaytishi ehtimolini hisobga olgan holda tuzilmoqda. Biroq amaldagi sanksiyalar uzaytirilishi mumkin bo‘lgan ssenariy ham inobatga olinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!