date

Jikiya Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga agent javob berdi

Jikiya Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga agent javob berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushmaganiga sabab — mikrojarohat bo‘lgan. Hozir u tiklangan va Kuzmichyov fikricha, keyingi o‘yinda Jikiya yana tarkibda bo‘lishi mumkin.

Bundan avval turk matbuotida «Spartak»ning sobiq sardori bilan klub xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyasporni tark etishi haqidagi gaplarga agent javob berdi