Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug'ilgan kuni bilan qutladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi u bilan tushgan surat ostida: «Tug'ilgan kuning muborak, hayotimdagi ayol!» deya yozib qoldirdi.
Seshanba kuni Jorjina 32 yoshga to'ldi. Ronaldu esa 5-fevral kuni 41 yoshni qarshi oladi. Portugaliyalik yulduz hozir ham a'lo jismoniy holatda: u faoliyati davomida 960 ta gol urdi va to'xtash niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, dushanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr» «Al-Taavun» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing