Djikiya agenti himoyachining Antalyaspor dagi kelajagini aytdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining klubdagi kelajagi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, Djikiya bilan hammasi joyida va klub unga ishonmoqda. U so‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lgani, hozir esa to‘liq tiklangani aytildi. Kuzmichyovning ta’kidlashicha, himoyachi keyingi uchrashuvda yana asosiy tarkibda ko‘rinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Futbolchining «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!