Ronaldu Jorjinani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, sevgilisi Jorjina Rodrigesni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchi Jorjina bilan tushgan suratiga “Tug'ilgan kuning bilan, hayotimdagi ayol!” degan so'zlarni yozdi.
Seshanba kuni Jorjina Rodriges 32 yoshni qarshiladi. Ronaldu esa tez orada o'z tug'ilgan kunini nishonlaydi: 5 fevral kuni u 41 yoshga to'ladi.
Shunga qaramay, portugaliyalik yulduz hozir ham a'lo jismoniy holatda. U faoliyati davomida 960 ta gol urdi va bu ko'rsatkichni oshirish niyatidan qaytganicha yo'q.
Dushanba kuni Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Nasr” “Al-Taavun”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing