date

RTX 3060 Steam platformasida eng ommabop karta bo'lib qolmoqda

RTX 3060 Steam platformasida eng ommabop karta bo'lib qolmoqda

"Valve" kompaniyasi Steam platformasining yangilangan statistikasini e'lon qildi. Unga ko'ra, GeForce RTX 3060 geymerlar orasida eng ommabop videokarta bo'lib qolmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ushbu model barcha foydalanuvchilarning 4,35 foizida o'rnatilgan.

Reytingning ikkinchi o'rnini RTX 4060 egalladi. Uchinchi pog'onadan esa ushbu kartaning noutbuklar uchun mo'ljallangan versiyasi joy oldi.

Qimmat modellardan biri bo'lgan RTX 5070 3,11 foizlik ulush bilan beshinchi o'ringa ko'tarildi.

RTX 5060 videokartasi bir oy ichida o'z ulushini 0,3 foizga oshirib, yettinchi o'ringa chiqdi. Bu o'tgan oydagi eng katta o'sish ko'rsatkichi hisoblanadi.

Radeon RX 9070 XT esa atigi 0,02 foizga o'sib, reytingning quyi qismida qolmoqda.

Geymerlarning 26,76 foizi 8 GB xotiraga ega videokartalardan foydalanadi. 16 GB xotirali modellar 23,51 foiz, 12 GB xotiralilar esa 13,45 foiz o'yinchilarda mavjud.

Umumiy hisobda, foydalanuvchilarning teng yarmi 8 GB va undan kam xotirali videokartalarni ishlatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » RTX 3060 Steam platformasida eng ommabop karta bo'lib qolmoqda