Navoiyda dahshatli YTH: ikki inson halok boʻldi

Navoiyda dahshatli YTH: ikki inson halok boʻldi
Qisqacha

Navoi viloyatida 2 may kuni sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasida ikki inson halok bo'ldi. Nexia-3 avtomobili tezlikni oshirib, xavfli burilishda boshqaruvni yo'qotib, qarshi yo'nalishga chiqib ketgan va Scania yuk mashinasi bilan to'qnashgan. Hodisa joyida Nexia-3 haydovchisi va uning yo'lovchisi og'ir jarohatlar olib, vafot etgan. Hozirda holat bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiyda dahshatli YTH: ikki inson halok boʻldi

Navoiy viloyatida navbatdagi fojiali yoʻl-transport hodisasi qayd etildi. 2 may kuni ertalab sodir boʻlgan avariya oqibatida ikki nafar fuqaro hayotdan koʻz yumdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Navoiy viloyatining Konimex tumani hududida, “Karak ata” OFY orqali oʻtuvchi A-379 Navoiy—Uchquduq avtomobil yoʻlida yuz bergan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Nexia-3 rusumli yengil avtomobil Zarafshon—Navoiy yoʻnalishida harakatlanib, tezlikni meʼyordan oshirgan. Xavfli burilishda haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan. Natijada u qarshi tomondan kelayotgan Scania 114L yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.

Kuchli zarba oqibatida Nexia-3 haydovchisi va uning yoʻlovchisi ogʻir jarohatlar tufayli voqea joyidayoq vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etish joiz, soʻnggi vaqtlarda Navoiy viloyatida oʻlim bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalari koʻpayib bormoqda. Jumladan, yanvar oyida Tomdi tumanida ikki kishi halok boʻlgan boʻlsa, 22 fevral kuni yana Konimex tumanidagi avariyada toʻrt nafar inson hayotdan koʻz yumgan. Shuningdek, 22 aprel kuni Karmana tumanida oʻquvchilar boshqargan avtomobil ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etgan edi.

Mutaxassislar haydovchilarni yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishga, ayniqsa tezlikni oshirmaslikka chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar