Oʻzbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safariga kuzatildi

Oʻzbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safariga kuzatildi
Qisqacha

O'zbekistonlik ziyaratchilarning ilk guruhi 2 may kuni muqaddas Hajj safariga kuzatildi. Ular 18 maygacha 9 ta aeroport orqali Madina shahriga jo'nab ketadi. Marosimda davlat va diniy soha vakillari ishtirok etib, ziyaratchilarga samimiy tilaklar bildirildi. 2026 yilda O'zbekistondan 15 ming ziyaratchi Hajj amalini bajarish uchun yo'lga chiqishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekistonlik hojilarning muqaddas Haj ziyoratiga yoʻl olish jarayoni boshlandi. 2 may kuni ilk guruh ziyoratchilari tantanali ravishda kuzatilib, ular muqaddas diyor sari parvoz qildi.

Maʼlum qilinishicha, boʻlajak hojilar 2 maydan 18 mayga qadar yurtimizdagi 9 ta aeroport orqali Madina shahriga joʻnab ketadi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich tashkil etilib, har bir ziyoratchi uchun barcha sharoitlar yaratilgani taʼkidlanmoqda.

Ilk ziyoratchilarni kuzatish marosimida davlat va diniy soha vakillari ham ishtirok etdi. Xususan, Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasining Diniy-maʼrifiy masalalar departamenti rahbari Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar qatnashdi.

Tadbir davomida muftiy hazratlari hojilarga samimiy tilaklarini izhor etib, ularning Haj amallarini mukammal va bekamu koʻst ado etishlarini soʻradi. Shuningdek, Alloh taolodan ziyoratchilarning safarlarini bexatar, ibodatlarini esa maqbul qilishini tilab, xayrli duolar qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yilda ham Oʻzbekistondan jami 15 ming nafar ziyoratchi Haj amallarini bajarish uchun yoʻlga chiqmoqda. Joriy yilda bir nafar hoji uchun safar xarajatlari 77 million 73 ming soʻmni, taxminan 6400 AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Oʻzbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safariga kuzatildi

Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, 2026 yilda Qurbon hayiti taxminan 26 yoki 27 may kunlariga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Ziyoratchilar Arafa kuni va Qurbon hayiti ibodatlarini ado etgach, Haj marosimlarini toʻliq yakunlaydi.

Shundan soʻng, hojilar iyun oyining dastlabki haftasidan boshlab Vatanga qaytishni boshlaydi. Ushbu muqaddas safar nafaqat ibodat, balki maʼnaviy poklanish va ruhiy yuksalish imkoniyati sifatida ham yurtdoshlarimiz uchun katta ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Haj safariga kuzatildi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar