date

2030 yilgi JCh finalini Ispaniya o‘tkazishi mumkin

2030 yilgi JCh finalini Ispaniya o‘tkazishi mumkin

2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati finali Ispaniyada bo‘lib o‘tishi mumkin. BBC xabariga ko‘ra, buni mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Rafael Lusan ma’lum qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turnirni Ispaniya, Portugaliya va Marokash birgalikda qabul qiladi. Musobaqaning dastlabki uch uchrashuvi esa mundialning 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Lusan Ispaniya ko‘p yillardan beri yirik musobaqalarni yuqori saviyada tashkillashtirib kelayotganini ta’kidlab, 2030 yilgi mundialda mezbonlik jarayonida yetakchi rol o‘ynashini va final ham shu yerda bo‘lishini aytdi. U qaysi stadion tanlangani bo‘yicha aniqlik kiritmadi.

Avvalroq Marokash tomoni finalni Kasablankadagi “Grand Stad Hassan II” arenasida o‘tkazishni istayotganini bildirgandi. Qurilishi 2028 yilda yakunlanishi kutilayotgan stadion 115 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. FIFA esa hozircha hal qiluvchi o‘yin qayerda bo‘lishi haqida izoh bermadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2030 yilgi JCh finalini Ispaniya o‘tkazishi mumkin