Djikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Djikiya vakili Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning holati yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani mikrojarohat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan. Kuzmichyov fikricha, u keyingi o‘yinda yana safga qaytishi mumkin.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsumda 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Himoyachining «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!