Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma tuzmoqchi

Turinlik “Yuventus” bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida va unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, klub mutaxassisga 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan kelishuv taqdim etmoqchi. Biroq Spalletti hozircha shoshilmayapti: u jamoa murabbiy istagan futbolchilarni olib kelishiga oid aniq kafolatlarni kutmoqda.
Spalletti “Yuventus”ni 2025 yil oktyabr oyi oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Ayni paytda turinliklar A Seriya jadvalida 5-o‘rinda bormoqda: 22 turdan so‘ng 42 ochko jamg‘argan “Yuventus” peshqadam “Inter”dan 10 ochkoga ortda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing