date

Real Endrikning kelajagi borasida qarorini belgilab oldi

Real Endrikning kelajagi borasida qarorini belgilab oldi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik ijara asosida to‘p surayotgan «Lion» safida yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi fransuz jamoasi tarkibida o‘tgan uch uchrashuvda 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsda Endrik xet-trik qayd etgani ham e’tiborni tortdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Real»ning pozitsiyasi aniq: klub Endrikni hanuz o‘z rejasida ushlab turibdi va u qaytganidan keyin Madridda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. «Lion» ijarani uzaytirishga urinishi kutilmoqda, biroq «qaymoqranglilar» rahbariyati iste’dodli hujumchini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Endrikning ispan grandi bilan shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Endrikning kelajagi borasida qarorini belgilab oldi