Jikiya agenti Antalyaspor himoyachisining kelajagiga aniqlik kiritdi

«Antalyaspor» futbolchisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning holati yaxshi va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lib, futbolchi tiklanib ulgurgan va keyingi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turkiyalik klub «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya joriy mavsum Turkiya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing