date

Real Endrik bo'yicha kelajakka doir qarorini belgiladi

Real Endrik bo'yicha kelajakka doir qarorini belgiladi

Madridning «Real» klubiga tegishli hujumchi Endrik hozirda ijara asosida «Lion» safida yorqin o'yin ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli futbolchi fransuz jamoasidagi dastlabki uch uchrashuvda 4 ta gol urib, yana 1 ta assist qayd etdi. Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi so'nggi bahsda braziliyalik hujumchi xet-trik ham rasmiylashtirdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, «Real»ning pozitsiyasi aniq: klub Endrikni o'z rejalarida ushlab turibdi va qaytganidan keyin Madridda o'zini ko'rsatish uchun imkon beradi. «Lion» ijara muddatini uzaytirishga urinishi mumkin, biroq «qirollik klubi» rahbariyati iste'dodli forvardni jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Endrikning Ispaniya grandi bilan shartnomasi 2030 yil o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Endrik bo'yicha kelajakka doir qarorini belgiladi