date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi “River Pleyt” safida to‘p surib, jamoa bilan Argentina ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege “River Pleyt”ga futbolchi sifatida emas, klub boshqaruv tizimiga qo‘shilish uchun kelmoqda. Uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi, biroq klub sobiq futbolchini butun rahbariyat ishtirokida taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.

Tadbirda Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi