G'undogan Man Siti APLda Arsenaldan o'tishiga ishonadi

“Galatasaroy” yarim himoyachisi Ilkay G'undogan Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
35 yoshli futbolchi chorshanba kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida sobiq jamoasi “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi.
“Ishonamanki, “Manchester Siti” “Arsenal”ni ortda qoldirib, Premyer-liga chempionligini qo'lga kiritadi. Yaqinda ochkolar farqi qisqardi, hammamiz bilamiz: “Siti” formaga kirsa, uzoq mag'lubiyatsiz seriya qilishni eplay oladi. Jamoa va murabbiyga ishonaman, ularga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, — dedi o'tgan yoz “shaharliklar” safini tark etgan G'undogan matbuot anjumanida.
23 turdan so'ng “Manchester Siti” APL jadvalida peshqadam “Arsenal”dan to'rt ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!