Anthropic va OpenAI korporativ sun'iy intellekt loyihalarini e'lon qildi

1 daqiqa o'qish263
Anthropic va OpenAI korporativ sun'iy intellekt loyihalarini e'lon qildi

Anthropic va OpenAI kompaniyalari korporativ sun'iy intellekt mahsulotlarini bozorga olib chiqish maqsadida yirik sarmoyadorlar bilan hamkorlikni boshladi. Anthropic korporativ xizmatlarga yo'naltirilgan yangi qo'shma korxona tashkil etilganini e'lon qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi loyihaning ta'sischilari qatoridan Blackstone, Hellman & Friedman va Goldman Sachs kabi yirik kompaniyalar joy oldi. The Wall Street Journal nashriga ko'ra, ushbu korxona 1,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Anthropic, Blackstone va Hellman & Friedman loyihaga 300 million dollardan sarmoya kiritadi.

Ayni paytda OpenAI ham xuddi shunday qadam tashlashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bloomberg xabariga ko'ra, kompaniya The Development Company deb nomlangan yangi korxona uchun mablag' jalb qilmoqda.

OpenAI loyihasi 10 milliard dollarga baholanib, 19 ta sarmoyadordan 4 milliard dollar yig'ishni rejalashtirgan.

Ikkala loyihaning ham asosiy maqsadi muqobil aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalardan mablag' jalb qilib, korporativ sun'iy intellekt kelishuvlari uchun yangi kanallar yaratishdan iborat. Yangi sarmoyalar muhandislik resurslarini ko'paytirishga va xodimlarning ish jarayoniga mos vositalarni ishlab chiqishga yo'naltiriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?