date

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi

Fransuz himoyachisi Teo Ernandes “Milan”dan Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi, biroq yangi jamoasida kutilgan darajada porlay olmayapti. Shu darajaki, ayni paytda u to‘p surayotgan “Al-Hilol” muxlislari futbolchining o‘yinidan ochiqchasiga norozilik bildira boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yaqinda Ernandes navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muxlislardan uzr so‘radi. Ammo javob tariqasida u kommentariyalarda o‘ziga nisbatan keskin tanqidlar oqimini ko‘rdi.

Futbol ishqibozlari uning doimiy uzrlaridan charchaganini, vazn orttirgani va avvalgidek yugurmay qo‘yganini yozdi. Ayrimlar esa Teo maydonda shunchaki “raqam o‘tayotgani”ni, bu holat hatto Saudiya chempionatida ham yaqqol sezilayotganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Teo Ernandesning hozirgi formasidan norozi