Husanov rahbarlar bilan uchrashib, rejalari haqida gapirdi (foto)

1 daqiqa o'qish9K
Husanov rahbarlar bilan uchrashib, rejalari haqida gapirdi (foto)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Abduqodir Husanov O'zbekiston sport hayotida muhim uchrashuvda ishtirok etdi.
  • Sport vazirligi va Olimpiya qo'mitasi rahbarlari bilan bo'lib o'tgan muloqotda futbolchining kelajakdagi maqsadlari va tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
  • U "Manchester City" klubidagi faoliyati, raqobat muhiti va sport formasini saqlash borasida fikr almashdi.
  • Uchrashuv yakunida Husanov sport akademiyasi va "Olimpiya shahrichasi"ni ko'zdan kechirdi, bu esa uning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Oʻzbekiston sport hayotida muhim uchrashuvlardan biri boʻlib oʻtdi. Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati mamlakat milliy terma jamoasi aʼzosi, shuningdek, Angliyaning mashhur klubi — "Manchester Siti" futbolchisi Abduqodir Husanov hamda uning otasi bilan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida asosiy eʼtibor futbolchining yaqin kelajakdagi maqsadlari va tayyorgarlik jarayoniga qaratildi. Xususan, uning jahon chempionatiga olib borayotgan shaxsiy mashgʻulotlari, jismoniy va psixologik holati batafsil muhokama qilindi. Mutaxassislar Husanovning oʻsishi, xalqaro maydondagi tajribasi va kelgusidagi imkoniyatlarini ijobiy baholadi.

Husanov rahbarlar bilan uchrashib, rejalari haqida gapirdi (foto)

Rahbariyat futbolchini yaqinda “Manchester Siti” safida qoʻlga kiritgan ilk sovrini — Angliya liga kubogidagi gʻalaba bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga, jamoaning mavsum chempionligi uchun kurashi hamda Angliya kubogi finali oldidan unga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Oʻz navbatida, Husanov ham oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. U klub tarkibidagi mashgʻulotlar, yuqori raqobat muhiti va sport formasini doimiy ravishda yuqori darajada ushlab turish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi. Uning taʼkidlashicha, har bir mashgʻulot va har bir oʻyin — bu yangi bosqich va yangi sinov.

Husanov rahbarlar bilan uchrashib, rejalari haqida gapirdi (foto)

Uchrashuv yakunida futbolchi Sport akademiyasi hamda “Olimpiya shaharchasi”ni koʻzdan kechirdi. U yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, sportchilar uchun sharoitlar va tayyorgarlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Bu kabi muloqotlar nafaqat sportchi uchun qoʻllab-quvvatlash, balki kelajakdagi katta maqsadlar sari yanada ishonch bilan harakat qilish uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Husanovning oldida esa hali katta oʻyinlar, jiddiy sinovlar va muxlislar kutayotgan yangi gʻalabalar bor.

Husanov rahbarlar bilan uchrashib, rejalari haqida gapirdi (foto)

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?