Toshkentda yirik yong‘in: omborxona alangaga o‘randi

Toshkentda, 29 aprel kuni, Yashnobod tumanidagi omborxonada yirik yonğın sodir bo'ldi. FVV ma'lumotlariga ko'ra, hodisa Toshkent halqa avtomobil yo'li ko'chasi hududida yuz berdi. Qutqaruv ekipajlari tezda voqea joyiga yetib borib, yonğinni soat 17:30 ga kelib qurshab oldilar va hozirda uni to'liq o'chirish ishlari davom etmoqda. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q, lekin vaziyat nazorat ostiga olingan va yonğın sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Bugun, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan omborxonalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasidagi ombor hududida yuz bergan. Soat 17:05 atrofida yong‘in haqida xabar kelib tushgan va oradan atigi uch daqiqa o‘tib, ya’ni 17:08 da qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan.
Mutaxassislar tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, yong‘in soat 17:30 ga kelib qurshab olingan. Hozirda uni to‘liq o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Rasmiylarning bildirishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Shu bilan birga, vaziyat to‘liq nazorat ostiga olingan bo‘lib, yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.
Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…