Xitoyning Lisuan kompaniyasi Microsoft sertifikatini qo'lga kiritdi

Xitoyning Lisuan Tech kompaniyasi o'zining yangi eXtreme LX video kartalari uchun Microsoft tomonidan WHQL sertifikatini oldi. Bu Xitoy yarim o'tkazgichlar sanoati uchun muhim voqea bo'lib, Lisuan Tech dunyoda ushbu sertifikatni olgan to'rtinchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Oldinroq faqat NVIDIA, AMD va Intel kompaniyalari Microsoft WHQL sertifikatiga ega edi. Hozirda Lisuan Tech eXtreme LX qatorida to'rtta model mavjud bo'lib, ulardan faqat LX 7G100 o'yin video kartasi WHQL sertifikatini oldi.
Xitoyning Lisuan Tech kompaniyasi o'zining yangi eXtreme LX video kartalari uchun Microsoft tomonidan WHQL sertifikatini oldi. Bu Xitoy yarimo'tkazgichlar sanoati uchun muhim voqea hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Lisuan Tech dunyoda ushbu sertifikatdan o'tgan to'rtinchi ishlab chiqaruvchiga aylandi. Bunga qadar faqat NVIDIA, AMD va Intel kompaniyalari Microsoft WHQL sertifikatiga ega edi.
WHQL sertifikati Windows tizimida drayverlar va uskunalar sifatining eng qat'iy tasdig'i hisoblanadi. Microsoft qurilmalarni moslik, barqarorlik va xavfsizlik bo'yicha tekshiradi.
Hozirgi vaqtda Lisuan Tech eXtreme LX qatorida to'rtta model mavjud. Ulardan faqat LX 7G100 o'yin video kartasi WHQL sertifikatini oldi.
Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, uning unumdorligi GeForce RTX 4060 bilan tenglashadi.






























Izohlar 0
…