Keyn "PSJ" darvozasiga gol urib, ikkita rekord o'rnatdi

Harri Keyn "PSJ" darvozasi oldida gol urib, ikki ta tarixiy rekord o'rnatdi. U o'yinning 17-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, joriy mavsumda 60-samara bilan gol urdi. Keyn, shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasining ketma-ket 6 ta o'yinida gol urgan ilk ingliz futbolchisi bo'ldi. Hozirda u Robert Levandovskiyning Bundersligadagi rekordini yangilashga yaqin turibdi.
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "PSJ"ga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita tarixiy natijani qayd etdi. Angliyalik futbolchi o'yinning 17-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ushbu gol Keyn uchun joriy mavsumdagi 60-samarali harakat bo'ldi. Hujumchi o'z faoliyatida ilk bor bir mavsum davomida 54 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirib, shaxsiy rekordini yangiladi.
Shuningdek, Keyn Yevropa Chempionlar ligasining ketma-ket 6 ta o'yinida gol urgan ilk ingliz futbolchisiga aylandi. U bu borada "Liverpul" afsonasi Stiven Jerrardning 5 o'yinlik natijasini ortda qoldirdi.
Hozirda Keyn Robert Levandovskining Bundesligadagi rekordini yangilashga ham yaqin turibdi. Polshalik hujumchi "Bavariya" safida bir mavsumda 41 ta gol urgan edi.
Keyn hisobida hozircha 28 o'yinda 33 ta gol mavjud.






























Izohlar 0
…