date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresning «River Pleyt» safida to‘p surib, hatto Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlik hamni qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga yaqin lavozimda ish boshlamoqchi. «River Pleyt» uni rahbariyat ishtirokidagi taqdimot orqali tanishtirdi, biroq aniq vazifasi rasman ochiqlanmadi.

Marosimda Trezegening klubning strategik masalalari bilan shug‘ullanishi, shuningdek «River Pleyt»ni institutsonal darajada vakillik qilishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi