Kante Al-Ittihaddan Al-Nasrga o'tishi mumkin

“Al-Ittihad” yarim himoyachisi N’Golo Kante klubini o‘zgartirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Al-Nasr”ning sobiq yuridik bo‘limi direktori Saad Al Subay ma’lumotiga ko‘ra, Riyod klubi fransuz tayanch yarim himoyachisini tarkibga qo‘shishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kelishuv yanvar oxirigacha yakunlanishi mumkin.
Kante 2023 yilda “Chelsi”dan erkin agent sifatida “Al-Ittihad” safiga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransuz futbolchisi Saudiya klubi safida barcha musobaqalarda 25 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist berdi. Transfermarkt Kante qiymatini 4,5 mln yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing