Real Madrid himoyachisi Ferland Mendy bir yilga safdan chiqdi

1 daqiqa o'qish315
Real Madrid himoyachisi Ferland Mendy bir yilga safdan chiqdi

Real Madrid himoyachisi Ferland Mendy Espanyolga qarshi o‘yinda olgan jiddiy jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. Dastlabki tekshiruvlar oddiy mushak jarohatini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, keyingi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar vaziyat ancha jiddiy ekanligini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Cadena Cope xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchining payi suyakdan butunlay uzilib ketgan. Bu holat jarrohlik amaliyotini va kamida bir yillik reabilitatsiya jarayonini talab qiladi. Shu tariqa, Mendy 2027-28 yilgi mavsum boshiga qadar yashil maydonga qayta olmasligi mumkin.

So‘nggi ikki yil davomida jarohatlar bilan qiynalib kelayotgan himoyachi uchun bu holat faoliyatini erta yakunlash xavfini ham keltirib chiqarmoqda. Klub tibbiy shtabi futbolchining avvalgi sport formasiga qaytishiga kafolat bera olmayapti.

Joriy mavsumda atigi 448 daqiqa maydonda harakat qilgan Ferland Mendy besh marta jarohat oldi. Real Madrid rahbariyati endilikda himoya chizig‘ini kuchaytirish va kelajakni rejalashtirish borasida qiyin tanlov oldida qoldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?