date

Monako Pol Pogba bilan shartnomani erta bekor qilishi mumkin

Monako Pol Pogba bilan shartnomani erta bekor qilishi mumkin

Pol Pogbaning futboldagi qaytishi kutilganidek kechmayapti. Monakoliklar yarim himoyachini o‘tgan yozda tarkibga qo‘shgandi va uzoq diskvalifikatsiyadan keyin unga formaga kirish uchun vaqt kerak bo‘lishini tushunardi. Biroq moslashuv jarayoni cho‘zilib ketdi: fransuz futbolchi hozirgacha maydonda jami 30 daqiqa o‘ynadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, “Monako” endi jahon chempioni bilan hamkorlikni muddatidan avval to‘xtatish variantini ko‘rib chiqmoqda. Pogbaning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan, ammo kelishuv ancha erta bekor qilinishi ham mumkin.

Mart oyida Pol Pogba 33 yoshga to‘ladi. Hozirda futbolchi navbatdagi jarohatdan keyin tiklanish jarayonini o‘tayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Monako Pol Pogba bilan shartnomani erta bekor qilishi mumkin