date

Djikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini aytdi

Djikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini aytdi

“Antalyaspor” futbolchisi Georgiy Djikiya agenti Vladimir Kuzmichyov rossiyalik himoyachining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, Djikiya bilan hammasi joyida va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u mikrojarohat sabab maydonga tushmagan, hozir esa to‘liq tiklangan va keyingi o‘yinda o‘ynashi kutilmoqda.

Avvalroq turk matbuotida sobiq “Spartak” sardori bilan xayrlashish ehtimoli borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Djikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning “Antalyaspor” bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini aytdi