date

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va’dasida turmadi dedi

Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va’dasida turmadi dedi

“Fenerbahche”ning sobiq futbolchisi Linkoln Jozе Mourinyo faoliyatini keskin tanqid qildi. Portugaliyalik mutaxassis Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, Murinyo unga bergan va’dasini bajarmagan va bu holatni hurmatsizlik deb qabul qilgan. “U ko‘p sovrin yutgan, bunga hech kim e’tiroz bildirmaydi. Lekin men uchun hayotda xarakter tituldan muhimroq. U meni ranjitdi”, — dedi futbolchi Fanatik nashriga.

Futbolchi “Xall Siti”ga ijaraga ketishidan oldin murabbiy bilan gaplashgani va Murinyo uni Portugaliyadagi yozgi yig‘inga kutishini aytganini ta’kidladi. Biroq mavsum tugagach, u yig‘inga chaqiruv kutgan, keyin tarjimon orqali aloqaga chiqmoqchi bo‘lganida Murinyo suhbatdan bosh tortgan. Murabbiy Linkolnga sport direktori bilan gaplashishni tavsiya qilgan.

Linkolnning so‘zlariga ko‘ra, jamoa Portugaliyada bo‘lgan paytda u ham Portugaliyada uyida bo‘lgan, shunga qaramay, Murinyo uni Istanbulga qaytarib, alohida mashg‘ulot o‘tashini buyurgan. U o‘ziga nisbatan adolatsiz va hurmatsiz munosabat bo‘lganini, ko‘p o‘yinlarda noodatiy pozitsiyada harakat qilsa ham klubga yordam berishga intilganini, og‘ir jarohatdan keyin esa kutilgan qo‘llab-quvvatlovni olmaganini aytdi.

Hozirda Jozе Murinyo “Benfika” klubini boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche sobiq futbolchisi Mourinyoni va’dasida turmadi dedi