Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi o'yinda ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan ajralib turdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing