date

Denzel Dyumfris qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Denzel Dyumfris qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

«Inter»ning o‘ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris jarohatdan keyin qachon maydonga qaytishi mumkinligi borasida yangilangan ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Paskuale Guarroning yozishicha, 28 yoshli futbolchi taxminan ikki hafta ichida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmoqda. Manbaga ko‘ra, Dyumfris 22 fevral kuni «Lechche»ga qarshi o‘yinda safga qaytishi ehtimoli yuqori. 15 fevraldagi «Yuventus» bilan uchrashuv uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin, biroq maydonga tushishi juda dargumon.

Dyumfris joriy mavsumda barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, 28 yanvar kuni «Inter» Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denzel Dyumfris qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi