Usmon Dembele Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettirishi ehtimoli bor. Sky Sports xabariga ko'ra, futbolchiga nisbatan qiziqish kuchaygan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, saudiyalik shayxlar yozgi transfer oynasi uchun «Oltin to'p» sohibini olib kelish ustida ish boshlagan. Ehtimoliy kelishuv narxi hozircha oshkor qilinmayapti, shuningdek, Dembelega qaysi top-klub da'vogarlik qilayotgani ham aniq emas.
Avvalroq Dembele «PSJ» bilan shartnomani uzaytirish masalasida juda yuqori maosh talab qilayotgani aytilgandi. Biroq parijliklar prezidenti klubdagi belgilangan maosh limitidan hatto jamoaning asosiy yulduzi uchun ham oshib o'tmasligini ochiq bildirgan.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli Dembele qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!