date

Usmon Dembeleni Saudiya chempionati tomonga chorlayapti

Usmon Dembeleni Saudiya chempionati tomonga chorlayapti

PSJning fransuz hujumchisi Usmon Dembele Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Sky Sports manbasi shunday xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saudiyalik shayxlar yozgi transfer oynasi uchun «Oltin to‘p» sohibini olib kelish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Kelishuvning ehtimoliy narxi hozircha oshkor etilmadi, Dembele qaysi top-klub nishonida ekani ham aniq emas.

Avvalroq Dembele PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda yuqori maosh talab qilayotgani aytilgandi. Biroq parijliklar prezidenti klubdagi belgilangan maosh chegarasini, hatto jamoaning eng yorqin yulduzi uchun ham, oshirmasligini ochiq bildirib qo‘ygan.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, 28 yoshli Dembele hozirda 100 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Usmon Dembeleni Saudiya chempionati tomonga chorlayapti