date

Oltin to'p sohibi Dembele Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Oltin to'p sohibi Dembele Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

PSJ hujumchisi Usman Dembele faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Sky Sports xabariga ko'ra, bu yo'nalishda muzokaralar fonida ilk qadamlar tashlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, mahalliy shayxlar yozgi transfer oynasida “Oltin to'p” sohibini olib kelish ustida ishlashni boshlab yuborgan. Ehtimoliy kelishuv narxi hozircha oshkor etilmadi, shuningdek, Dembele qaysi saudiyalik top-klub nishonida ekani ham noma'lum.

Avvalroq Dembele PSJ bilan shartnomani uzaytirish uchun juda katta maosh talab qilayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Biroq parijliklar prezidenti jamoaning eng yulduz futbolchisi bo'lsa ham, klubdagi belgilangan maosh limiti oshirilmasligini aniq bildirib o'tgan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli Dembele hozirda 100 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Oltin to'p sohibi Dembele Saudiya chempionatiga yo'l olishi mumkin