Rossiyada 1253 MVt quvvatli eng yirik yadroviy reaktor ishga tushirildi

Rossiyada 1253 Mvt quvvatga ega eng yirik yadroviy reaktor ishga tushirildi. Kurks AES-2 stantsiyasining birinchi energiya bloki 1 maydan elektr energiyasi bozoriga kirdi. "Rosatom" davlat korporatsiyasi loyiha doirasida 90 mingdan ortiq odam va 250 ga yaqin pudratchi tashkilot ishtirok etganini ma'lum qildi. Kelgusi yillarda stantsiyada yana uchta shunday blok qurilishi rejalashtirilgan.
Rossiyada VVER-TOI reaktoriga ega Kursk AES-2 stansiyasining birinchi energiya bloki rasman ishga tushirildi. "Rosatom" davlat korporatsiyasi barcha zarur hujjatlarni imzolaganidan so'ng, blok 1-maydan boshlab elektr energiyasi bozoriga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi energiya bloki Rossiya atom energetikasidagi eng quvvatli obyektga aylandi. Uning elektr quvvati 1253 MVtni tashkil etadi.
Ushbu blok mamlakatning yagona energiya tizimi uchun qo'shimcha generatsiya hajmini ta'minlashi kerak.
"Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachyovning so'zlariga ko'ra, qurilish ishlari katta jamoa tomonidan amalga oshirilgan. Loyihada 90 mingdan ortiq kishi hamda 250 ga yaqin pudratchi tashkilotlar ishtirok etdi.
Kursk AES-2 faqat bitta energiya bloki bilan cheklanmaydi. Yaqin yillarda maydonda yana uchta shunday blok qurilishi rejalashtirilgan.
Shundan so'ng stansiya to'liq yangi avlod reaktorlariga o'tishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…