Kanchelskis 2026 yilgi mundialda jamoalar ko'payishiga qarshi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Kanchelskis «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta'kidlashicha, bu safar mundialda jamoalar sonining haddan tashqari ko'payishi turnir sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Kanchelskis misol tariqasida Ispaniya yoki Germaniya kabi grandlarning Kurasao singari raqiblarni yirik hisobda yengishi ehtimoli yuqoriligini, bunday o'yinlar esa muxlislar uchun unchalik qiziq bo'lmasligini aytdi. Sobiq futbolchi jamoalar soni oshishi intriga va kutilmagan natijalarni kamaytirib yuborishidan xavotirda.
2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida o'tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi va unda rekord darajadagi — 48 ta terma jamoa qatnashadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!